🇺🇿 O‘zbekistonda yasaladi · o‘zbek tilida

Biznesingiz uchun botlar mamlakati

Telegram bot, Mini App va saytlar yasaymiz. Ular buyurtma qabul qiladi, mijozga javob beradi va hisob yuritadi. Siz uxlayotganingizda ham ishlaydi.

  • 24/7dam olmaydi
  • 3–14kunda tayyor
  • 0oldindan to‘lov*
Somsa Markazi botbot
Botiston maskoti — do‘ppili robot

Botistonda nima bor?

Biznesingizga kerakli raqamli ishchilar

🤖

Telegram bot

Buyurtma, ro‘yxatdan o‘tish, savol-javob, eslatmalar. Mijoz bilan sizning o‘rningizga gaplashadi.

🛍️

Mini App do‘kon

Telegram ichidagi chiroyli do‘kon: katalog, savat, to‘lov (Click, Payme). Ilova yuklab olish shart emas.

🌐

Sayt + admin panel

Tez ochiladigan zamonaviy sayt. Ma’lumotlarni o‘zingiz admin paneldan o‘zgartirasiz.

🧠

AI yordamchi

Sun’iy intellekt mijoz savollariga o‘zbek tilida javob beradi, matn va rasmlarni tushunadi.

🛡️

Hosting va qo‘llab-quvvatlash

Server, xavfsizlik, zaxira nusxa va tuzatishlar — hammasi bizda. Siz faqat biznes bilan shug‘ullanasiz.

Botiston fuqarolari

Hozir ishlab turgan loyihalarimiz

Telegram bot + Mini App

WorkMate

Ishchilar uchun ish vaqti va maosh hisobchisi. Har kuni yuzlab yozuvlarni avtomatik hisoblaydi.

Botni ochish ↗
Bozor bot + Mini App

Mahalla Market

Mahalla bozori: sotuvchilar e’lon joylaydi, xaridorlar Telegram ichida qidiradi va buyurtma beradi.

Botni ochish ↗
Sayt · UZ/RU

19-maktab sayti

Maktab uchun ikki tilli sayt: yangiliklar, o‘qituvchilar, qabul. Ijodiy “daftar” dizayni.

AI · ovozli

Jarvis

Shaxsiy AI yordamchi: ovoz bilan gaplashadi, eslatadi, serverni kuzatadi. Telefon ilovasi sifatida o‘rnatiladi.

Viza turlari

Shaffof narxlar

TURIST

Oddiy bot

1,9 mln so‘mdan

  • Menyu, ma’lumot, savol-javob
  • Arizalar sizga keladi
  • 3–5 kunda tayyor
Tanlash
ISHCHI
Eng ko‘p tanlanadi

Bot + Mini App

4,9 mln so‘mdan

  • Katalog, savat, buyurtma
  • Admin panel
  • Click / Payme ulash
  • 7–10 kunda tayyor
Tanlash
FUQARO

Sayt + bot

6,9 mln so‘mdan

  • Sayt + admin panel
  • Telegram bot bilan bog‘langan
  • SEO, Google’da chiqish
  • 10–14 kunda tayyor
Tanlash
🛡️ Oylik xizmat — 390 ming so‘m/oyServer, xavfsizlik, zaxira nusxa, kichik o‘zgarishlar. Loyihangiz doim ishlab turadi.

* Ishni ko‘rib, yoqqanidan keyin to‘laysiz: 50% — ishlaydigan birinchi variantni ko‘rganda, 50% — ishga tushirganda. Aniq narx loyihaga qarab kelishiladi.

Botistonga yo‘l

4 qadamda tayyor

  1. 1

    Ariza

    Pastdagi formani to‘ldirasiz yoki Telegramda yozasiz.

  2. 2

    Bepul suhbat

    Biznesingizni tushunamiz, nima kerakligini va narxni aytamiz.

  3. 3

    Yasash

    Har bir bosqichni ko‘rsatib boramiz, fikringizni qo‘shamiz.

  4. 4

    Ishga tushirish

    Topshiramiz, o‘rgatamiz va 2 hafta bepul tuzatib beramiz.

Bojxona savollari

Ko‘p so‘raladigan savollar

Men texnikani tushunmayman. Bu menga mos keladimi?

Albatta. Hammasini biz qilamiz, sizga faqat qanday ishlatishni oddiy tilda ko‘rsatamiz.

Bot qayerda ishlaydi? Kompyuterim yoniq turishi kerakmi?

Yo‘q. Bot bizning serverimizda kun-u tun ishlaydi. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi.

Keyinchalik o‘zgartirish kiritsa bo‘ladimi?

Ha. Oylik xizmatda kichik o‘zgarishlar bepul, katta yangi funksiyalar alohida kelishiladi.

To‘lovni qanday qilaman?

Karta orqali (Uzcard/Humo) yoki naqd. Ikki qismda: birinchi variantni ko‘rganda va ishga tushirganda.

Mijozlarimdan onlayn to‘lov qabul qilsa bo‘ladimi?

Ha, Click va Payme ulab beramiz. Buning uchun sizda tadbirkorlik (YaTT yoki MChJ) bo‘lishi kerak.

BOTISTON RESPUBLIKASIViza arizasi

Qisqacha yozing — 24 soat ichida bog‘lanamiz. Bepul.

yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing: @uzsudo

QABUL
QILINDI